Новости

Последние новости

янв.21
Davlat investitsiyasi hisobidan barpo etilayotgan ijtimoiy obyektlardagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvida dolzarb masala yechim topdi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali bolalar sport maydonining elektr ta’minoti masalasi ko‘tarildi
янв.21
Aholi manfaati – barqaror narx-navo va mahsulotlar yetarliligini ta’minlashda muhim omil
янв.21
Investitsiya loyihalari ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Navgadi mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimi va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Navgadi mahallasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Navgadi mahallasida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILADIGAN XIZMATNI SIFATLI TASHKIL ETILISHI, KAM TA’MINLANGAN OILALARGA IJTIMOIY NAFAQALAR VA MODDIY YORDAM TAYINLASH VA TO‘LASH HOLATI O‘RGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-son Farmoniga asosan mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rnini oshirish hamda boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida “Mahalla yettiligi” faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining 16-«Bodomtepa» saylov okrugidan saylangan deputati Ashirmatova Xurshida Soliyevna tomonidan «Quruqsoy» MFYda faoliyat yuritayotgan
ijtimoiy xodim To`raboyeva Dilnoza Baxtiyor qiziningning ish faoliyati hamda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.Nazorat tadbiri davomida yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash hamda yetkazish jarayonlari tahlil qilindi.O‘rganish natijalariga ko‘ra mahallada 80 nafar nogironligi bo‘lgan fuqaro, 10 nafar alohida ijtimoiy ko‘makka muhtoj shaxs, 8 ta kambag‘allik chegarasidagi va 9 ta kambag‘al oila mavjudligi aniqlandi.Shuningdek, 2026-yil davomida 9 ta ehtiyojmand oilaga oziq-ovqat va moddiy yordam ko‘rsatilgani, 2 nafar fuqaroga davolanish uchun tavsiyanoma rasmiylashtirilgani, 20 ga yaqin fuqaro POM va RTV mahsulotlari bilan ta’minlangani hamda 6 nafar nogironligi bo‘lgan mehnatga layoqatli shaxsning doimiy ish bilan bandligi ta’minlangani ma’lum qilindi.O‘rganish yakunida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aniqlangan masalalarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda mahallada ijtimoiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 1