Новости

Sayyor qabul – aholi murojaatlariga amaliy yechim maydoni

Sayyor qabul – aholi murojaatlariga amaliy yechim maydoni

🗒 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi kotibiyati va Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sevara Xashimova hamkorligida navbatdagi sayyor qabul “Abubakir Shoshiy” mahallasida o‘tkazildi. Qabulda kotibiyat bosh mutaxassisi B.Xoliqjonova va mahalla xotin-qizlar faoli M.Rizayevalar ishtirok etdi.

📝 Qabul davomida fuqarolarning ish bilan ta’minlash, huquqiy masalalar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglanib, har bir masala yuzasidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi. Murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi, 2 ta murojaat esa ijrosi yuzasidan tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.

📌 Shuningdek, sayyor qabul davomida oilaviy totuvlikni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning jamiyatdagi faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 6