Новости

Последние новости

янв.21
Turkmanistonlik investorlar Jondor tumanida istiqbolli loyihalarni amalga oshiradi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan bepul birlamchi huquqiy yordam sifati o‘rganildi
янв.21
"Ziyo almashing" loyihasi doirasida mo‘jaz kutubxona tashkil etildi
янв.21
FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlaridagi qurilish-montaj ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Favqulodda holat to‘g‘risidagi Qonun mazmun-mohiyati aholi o‘rtasida targ‘ib qilindi
янв.21
Davlat investitsiyasi hisobidan barpo etilayotgan ijtimoiy obyektlardagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvida dolzarb masala yechim topdi
Deputatlar Axborot-kutubxona markazi filiali faoliyatini o‘rgandilar

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, 23-Chilonzor saylov okrugi deputati E.Yunusov hamda deputatlar A.Mahkamov va X.Abdurahmonov tomonidan Chilonzor mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Shahar Axborot-kutubxona markazi filiali faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida kutubxona filialining moddiy-texnik bazasi, kitob fondi hamda kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Qayd etilishicha, filial fondida 9 mingdan ortiq turdagi kitoblar mavjud bo‘lib, ularning asosiy qismini rus tilidagi badiiy va ilmiy adabiyotlar tashkil etadi.

Shuningdek, kutubxona faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo ham muhokama qilindi. Mazkur masala yuzasidan 23-Chilonzor saylov okrugi deputati E.Yunusovning Deputatning ko‘cha aylanish daftariga qayd etildi va tegishli mas’ul tashkilotlar bilan uchrashuv o‘tkazish va muammoni bartaraf etish choralarini ko‘rish belgilandi.

Deputatlar kutubxona faoliyatini yanada rivojlantirish, kitobxonlar uchun qulay sharoitlarni kengaytirish hamda mavjud muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazoratida davom ettiriladi.

Slide 1 of 6