Новости

Последние новости

янв.21
Turkmanistonlik investorlar Jondor tumanida istiqbolli loyihalarni amalga oshiradi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan bepul birlamchi huquqiy yordam sifati o‘rganildi
янв.21
"Ziyo almashing" loyihasi doirasida mo‘jaz kutubxona tashkil etildi
янв.21
FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlaridagi qurilish-montaj ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Favqulodda holat to‘g‘risidagi Qonun mazmun-mohiyati aholi o‘rtasida targ‘ib qilindi
янв.21
Davlat investitsiyasi hisobidan barpo etilayotgan ijtimoiy obyektlardagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvida dolzarb masala yechim topdi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilovlar tomonidan saylov okrugida olib borilgan xonadonbay o‘rganish ishlari davomida To‘rttol mahallasi, Ona yer ko‘chasi, 9-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Shukurov Odiljonning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilovlar tomonidan saylov okrugida olib borilgan xonadonbay o‘rganish ishlari davomida To‘rttol mahallasi, Ona yer ko‘chasi, 9-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Shukurov Odiljonning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Muloqot davomida fuqaro sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolari haqida ma’lumot berib, son suyagi bo‘yicha jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan davolanish xarajatlarini qoplash maqsadida moddiy yordam ajratilishida amaliy ko‘mak so‘radi. Murojaat mazmuni deputat va kotibiyat bosh mutaxassisi tomonidan atroflicha o‘rganilib, fuqaroga amaldagi qonunchilik asosida zarur huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, masalani ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish zarurligi qayd etildi. Mazkur murojaat Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatining “Okrugni aylanish daftari”ga belgilangan tartibda qayd etilib, nazoratga olindi. Ta’kidlanganidek, aholi murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarga o‘z vaqtida e’tibor qaratish hamda ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash Xalq deputatlari tuman Kengashi va deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu boradagi xonadonbay o‘rganish ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5