Новости

Последние новости

Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining 22-Obod saylov okrugidan saylangan deputati I.Murodov tomonidan 665-sonli qaror ijrosi yuzasidan nazorat-o‘rganish ishlari olib borildi

 Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining 22-Obod saylov okrugidan saylangan deputati I.Murodov tomonidan hududda 665-sonli qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari yuzasidan navbatdagi nazorat-o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

📍 O‘rganish davomida Obod mahalla fuqarolar yig‘inining Zilol ko‘chasida olib borilayotgan obodonlashtirish tadbirlari, ichki ko‘chalarni tartibga keltirish, yo‘l chetlari va umumiy foydalanish hududlarini tozalash, ariq-zovurlarni loyqa va chiqindilardan tozalash, suvning erkin oqimini ta’minlash hamda sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha bajarilgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Slide 1 of 5