Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Mehribon Tillayeva "Adolat" mahallasida chevarlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlar faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish jarayonida tikuvchi Ozoda Solayeva o‘zining mehnat faoliyati haqida so‘zlab berdi. Uning ta’kidlashicha, uch yil avval ishsiz bo‘lgan bo‘lsa-da, davlatimiz tomonidan xotin-qizlar bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalangan.Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda xotin-qizlar faoli ko‘magida kasb-hunarga o‘qib, bugungi kunda o‘zining tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan.
Hozirda Ozoda Solayeva "Ustoz–shogird" an’anasi asosida yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatib, yangi shogirdlar tayyorlamoqda. Bu esa aholi bandligini ta’minlash, xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oshirish hamda oilalar daromadini ko‘paytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Suhbat davomida u "Mahalla yettiligi" faoliyatini yuksak baholab, ularning amaliy ko‘magi tufayli o‘z faoliyatini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va tikuvchilik yo‘nalishida xizmat ko‘lamini oshirishni rejalashtirayotganini bildirdi.
Deputat tomonidan bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish hamda mahallalarda bandlikni ta’minlash borasidagi ishlar deputatlik nazoratida davom ettirilishi ta’kidlandi.