Новости

Последние новости

янв.21
Davlat investitsiyasi hisobidan barpo etilayotgan ijtimoiy obyektlardagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvida dolzarb masala yechim topdi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali bolalar sport maydonining elektr ta’minoti masalasi ko‘tarildi
янв.21
Aholi manfaati – barqaror narx-navo va mahsulotlar yetarliligini ta’minlashda muhim omil
янв.21
Investitsiya loyihalari ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Navgadi mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimi va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Navgadi mahallasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Navgadi mahallasida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI AHOLINI QIYNAYOTGAN MUAMMO YECHIMI NAZORATGA OLINDI

O‘rganishlar davomida 29O-sonli ko‘p qavatli uyning 1- va 2-kirish yo‘laklaridagi tungi yoritish tizimi nosoz holatda ekani, elektr kabellaridagi nosozliklar sababli kirish yo‘laklari yoritilmayotgani aniqlandi.

Mazkur holat tufayli, ayniqsa, keksalar, xotin-qizlar va yosh bolalarning kechki va tungi vaqtlarda xavfsiz harakatlanishi qiyinlashayotgani, shuningdek, qorong‘ilik turli noxush holatlar va huquqbuzarliklar sodir etilishi xavfini oshirayotgani qayd etildi.

Fuqarolarning murojaatlariga ko‘ra, ushbu muammo yuzasidan hududga xizmat ko‘rsatuvchi Boshqaruv servis kompaniyasiga (BSK) bir necha bor murojaat qilingan bo‘lsa-da, bugungi kunga qadar amaliy choralar ko‘rilmagan.

Shu munosabat bilan Termiz shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limiga deputat so‘rovi yuborildi.