Новости

Последние новости

янв.21
Turkmanistonlik investorlar Jondor tumanida istiqbolli loyihalarni amalga oshiradi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan bepul birlamchi huquqiy yordam sifati o‘rganildi
янв.21
"Ziyo almashing" loyihasi doirasida mo‘jaz kutubxona tashkil etildi
янв.21
FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlaridagi qurilish-montaj ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Favqulodda holat to‘g‘risidagi Qonun mazmun-mohiyati aholi o‘rtasida targ‘ib qilindi
янв.21
Davlat investitsiyasi hisobidan barpo etilayotgan ijtimoiy obyektlardagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvida dolzarb masala yechim topdi
Kimyogarlar qo‘rg‘onida fuqarolar murojaatlari o‘rganildiXalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Komiljon Davronov tomonidan Kimyogarlar qo‘rg‘oni hududida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazilib, aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy uchrashuv tashkil etildi.

 Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy va kommunal xo‘jalik, ichki yo‘llar holati, ko‘cha yoritgichlari, obodonlashtirish, bandlik hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Har bir murojaat deputat tomonidan atroflicha tinglanib, masalalarning mazmun-mohiyati o‘rganildi. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish va muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Shuningdek, hududdagi mavjud infratuzilma holati ham ko‘zdan kechirilib, fuqarolar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar muhokama qilindi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqot davomida aholini qiynayotgan masalalarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani ta’kidlandi.

Fuqarolar murojaatlari deputat nazoratiga olinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

Slide 1 of 1