Новости

Последние новости

янв.21
Turkmanistonlik investorlar Jondor tumanida istiqbolli loyihalarni amalga oshiradi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan bepul birlamchi huquqiy yordam sifati o‘rganildi
янв.21
"Ziyo almashing" loyihasi doirasida mo‘jaz kutubxona tashkil etildi
янв.21
FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlaridagi qurilish-montaj ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Favqulodda holat to‘g‘risidagi Qonun mazmun-mohiyati aholi o‘rtasida targ‘ib qilindi
янв.21
Davlat investitsiyasi hisobidan barpo etilayotgan ijtimoiy obyektlardagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvida dolzarb masala yechim topdi
Deputat tomonidan aholi qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatilari Qo‘qon shahar Kengashidagi deputati X.Nazarova tomonidan “Baqachorsu” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi aholi qabuli tashkil etildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynab kelayotgan masalalar hamda ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

Aholi tomonidan ko‘tarilgan eng dolzarb masalalardan biri Shabboda ko‘chasini asfaltlashtirish bilan bog‘liq bo‘ldi. Fuqarolar mazkur ko‘chaning holati transport qatnovi va piyodalar harakatiga noqulayliklar tug‘dirayotganini bildirib, uni ta’mirlash va asfalt qoplamasi yotqizish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini so‘radilar.

Shuningdek, Shabboda ko‘chasi kanalizatsiya tarmog‘ini barpo etish masalasi ham muhim muammo sifatida qayd etildi. Fuqarolar ushbu infratuzilma obyektining mavjud emasligi turli noqulayliklarni keltirib chiqarayotganini ta’kidlab, masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish zarurligini bildirdilar.

Uchrashuv davomida mahalla aholisining katta qismi kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotgani ham qayd etildi. Fuqarolar tomonidan kadastr hujjatlarining mavjud emasligi yoki rasmiylashtirish jarayonidagi qiyinchiliklar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Deputat tomonidan barcha murojaatlar batafsil o‘rganilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3