Новости

Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida 4 oylik yakunlariga bag'ishlangan taxliliy yig‘ilish Zoom platformasi orqali o‘tkazildi.

✅Yig‘ilishni Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri S. Usmonov olib bordi.

✅Sessiyalar jarayoni, qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi, deputatlarning faolligi hamda kotibiyatlarning ijro intizomi atroflicha ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, ayrim hududlarda faoliyat natijalarini aholiga yetkazishda sustkashliklar kuzatilgani qayd etildi.

👍 Bu borada axborot siyosatini kuchaytirish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali faoliyatni muntazam yoritib borish, shuningdek kengash qarorlarini qonuniy tartibda chiqarish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4