35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Deputat so‘rovi: “Oxshix” mahallasidagi ichki yo‘lni shag‘allashtirish masalasi nazoratga olindi
янв.21
Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlari tinglandi
янв.21
“Oxshix” mahallasida obodonlashtirish hashari tashkil etildi
янв.21
#deputatlar_faoliyati
янв.21
“Oxshix” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Oxshix” mahallasida aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan “Qozikenti” mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali suyultirilgan gaz ta’minoti muammosini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda
янв.21
Tinchlik mahallasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
#deputat_nazorati
Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi

Bepul dori vositalari ta’minoti o‘rganildi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi raisi U. Bobojonov Xalq deputatlari tuman Kengashining 4-Oqsoch saylov okrugida joylashgan 22-son Oilaviy poliklinikada bo‘lib, aholiga bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlanganlik holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida poliklinikada mavjud dori vositalari zaxirasi, ularni saqlash sharoitlari hamda ehtiyojmand fuqarolarga yetkazib berish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, bepul dori-darmonlarni ajratish va tarqatish jarayonining amaldagi tartiblar asosida olib borilayotgani yuzasidan mas’ullarning axborotlari tinglandi.

U. Bobojonov tomonidan aholini sifatli tibbiy xizmat va zarur dori vositalari bilan uzluksiz ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda bu boradagi ishlarni doimiy nazoratda olib borish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4