Новости

Qurigan daraxtlar aholi hayotiga xavf solmoqda!

🌳Xalq deputatlari Chilonzor tumani deputati, XDP a'zosi Ahmedov Shuxrat Murotovich aholi murojaatlariga asosan, Gavhar va Do'mbirobod mahallalarida o'rganish ishlarini olib bordi. Mazkur mahallalarning ichki ko‘chalarida, shuningdek 317- va 167- bolalar bog‘chalari hududlarida aholi, ayniqsa yosh bolalar hayotiga xavf solayotgan qurigan hamda singan daraxtlar mavjudligi aniqlandi.

📱Mazkur holat yuzasidan okrug fuqarolari tomonidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi hamda “Aholi murojaatlari” telegram kanali orqali bir necha bor murojaatlar yuborilgan bo‘lishiga qaramasdan, muammo hanuzgacha o‘z yechimini topmayapti.

✍️Deputat tomonidan fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida mutasaddi tashkilot — tuman Obodonlashtirish boshqarmasi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘linmasiga deputatlik so‘rovi chiqarish rejalashtirildi.

Slide 1 of 5