Новости

📌 9-son maktabda zamonaviy ta’lim texnologiyalari o‘rganildi

🏫 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati D. Qo‘shnazarov tomonidan tumandagi 9-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

💻 O‘rganish davomida maktabda zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni, dars mashg‘ulotlarining sifati hamda darslarni onlayn kuzatish tizimi faoliyati o‘rganildi.

📚 Shuningdek, sinfxonalarning texnik jihozlanishi, raqamli ta’lim imkoniyatlari va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi.

✅ O‘rganish yakunida ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2