Новости

HOKIM VA DEPUTAT

Oltinsoy tumanida 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oltinsoy tumani hokimi Otabek Mavlyanov va Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Xudayberdiyev, nuroniylar, ota-onalar, ta’lim sohasi vakillari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Marosim davomida bolajonlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, qulay va shinam xonalar, tarbiyaviy hamda ta’lim jarayonlari uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishildi.

Ta’kidlanganidek, ushbu MTTning foydalanishga topshirilishi yosh avlodning sifatli ta’lim-tarbiya olishi hamda ularning barkamol voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

Slide 1 of 5