Новости

Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida qo‘shma deputatlik so‘rovi yuborildi.

Saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash maqsadida qo‘shma deputatlik so‘rovi yuborildi.

Uzun tumani “Guliston” mahallasi, Boʻston qishlogʻi, “Obod yurt” koʻchasi 11-xonadonda yashovchi fuqaro xonadonidan oʻtgan 0,4 kV kuchlanish tarmogʻi ustunida jiddiy muammo yuzaga kelgan.

Mazkur elektr tarmogʻi tortilgan temir-beton ustun yorilib (darz ketib), fuqaroning xonadoni tomiga egilib qolgan. Ushbu holat istalgan vaqtda baxtsiz hodisaga yoki jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Aholi tomonidan bu borada haqli eʼtirozlar va murojaatlar kelib tushmoqda.

Tuman Kengashi deputati O'. Rajabov tomonidan mazkur holat yuzasidan “Uzun tumani Elektr tarmoqlari korxonasi” boshligʻi A. Gʻaffarovga rasmiy deputat soʻrovi yuborildi.

Deputat oʻz soʻrovida masʼullardan joyiga chiqib holatni oʻrganishni hamda muammoni bartaraf etish yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish yoki munosabat berishni talab qildi.