Новости

Ayni vaqtda Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisi bo'lib o'tmoqda

Unda Senat, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralarning vakillari, shuningdek, viloyat studiyasidan hududdan saylangan senatorlar, mahalliy Kengashlarning deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari, tegishli tashkilot, korxona va muassasa rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashmoqda.

Yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda.

Yalpi majlisda masalalar muhokamasi jarayonini Senatning YouTube tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.