Новости

Kengash_faoliyati

Deputat xalq orasida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda

✅ Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati Azamat Pardayev navbatdagi fuqaro murojaati yuzasidan bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib bordi.

✅13-“Farovon” saylov okrugiga qarashli “Farovon” mahallasida yashovchi fuqaroning murojaati deputat tomonidan atroflicha tinglandi. Saylovchining qiynayotgan muammo tahlil qilinib, uning yechimi yuzasidan mas’ul va tegishli tashkilotlarga zarur ko‘rsatmalar berildi.

“Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning dardini eshitish va muammolariga ijobiy yechim topish — deputatlik faoliyatimning bosh mezoni va ustuvor yo‘nalishidir”, — deydi deputat.

✅ Mazkur murojaat ijrosi deputat tomonidan qat’iy nazoratga olindi hamda muammoni tezkor va sifatli bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Slide 1 of 3