Новости

Yangibozor mahallasida aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar tahlil qilindi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi vakili M. Samandarova Yangibozor mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligi bilan yaqindan tanishdi.

📌 Tashrif davomida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandlikni ta’minlash, oilalarning daromadini oshirish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

🤝 Mahallada fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning muammo va takliflari tinglandi. Ayniqsa, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va yoshlar bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✨ Inson qadri ulug‘langan, aholi farovonligi ustuvor bo‘lgan mahallada islohotlar izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 3