Новости

Последние новости

Xonobod mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan Xonobod mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash tizimi samaradorligi o‘rganildi.

Unda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat Sh. To‘raqulova, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat U. Rahimjonov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A. Utegenov ishtirok etdilar.

O‘rganish jarayonida mahallada xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, muammolarini aniqlash va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, tizim samaradorligini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Xotin-qizlar farovonligi — jamiyat taraqqiyotining muhim omili!

Slide 1 of 4