Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D. Shadanova, viloyat Kengashi deputati X. Davletov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetovlar tomonidan tumandagi Monoq mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔍 O‘rganish jarayonida mahallada faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi va ijtimoiy xodim faoliyati tahlil qilindi.
📊 Aniqlanishicha:
— mahallada kambag‘allik darajasi 5,7 foizni tashkil etmoqda;
— 2026-yil davomida 4 ta yuridik subyekt tashkil etilgan;
— mikroloyihalar asosida tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan;
— jami 250 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilgan;
— natijada 18 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
📌 Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarori — *“2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”*ga muvofiq amalga oshirilmoqda.
✅ O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Bu kabi amaliy ishlar mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.