Новости

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyatining ish rejasiga muvofiq, qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlandi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 9-noyabrda qabul qilingan “Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘RQ–877-son Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy targ‘ibot ishlari olib borildi.

25-Navbahor saylov okrugi deputati Jumavoy Rahmonqulov ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuv davomida qonunning asosiy yo‘nalishlari, ekologik nazoratni kuchaytirish hamda fuqarolarning ushbu jarayondagi ishtiroki yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 3