Новости

Kengash_faoliyati

📍 "Xo'jayipok" mahallasida ijtimoiy himoya va hamkorlik: Deputat nazorati amalda

✅Bandixon tumani Kengashi deputati tomonidan mahallalarda o‘rganishlar olib borish yuzasidan tasdiqlangan reja-jadval hamda “24-tavsiya” ijrosi doirasida navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

✅Kengash deputati M.Omonullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tumandagi “Xo'jayipok” mahallasida bo‘lib, mahalla faollarining bugungi kundagi ish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

✅ “Mahalla yettiligi” tizimi: Mahalla raisining hududdagi yettilik faoliyatini muvofiqlashtirish, aholi murojaatlarini hal etish va ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish borasidagi ishlari ko‘zdan kechirildi.

✅ Ijtimoiy himoya – ustuvor vazifa: Ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar manzilliligi o‘rganildi. Ularni ijtimoiy reyestrga kiritish va muammolarini o‘z vaqtida hal etish choralari tahlil qilindi.

✅ Xavfsizlik va tartib: Profilaktika inspektorining hududda huquqbuzarliklarning oldini olish va jamoat tartibini saqlash borasidagi hisoboti ko‘rib chiqildi.

✅Jarayon davomida aniqlangan masalalarni tizimli hal etish, aholining ko‘makka muhtoj qatlamini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida deputat va mahalla mas’ullari o‘rtasida ishlarni hamkorlikda tashkil etish va doimiy ma’lumot almashish belgilab olindi.

✅Maqsad — “Inson qadri uchun” tamoyili asosida har bir fuqaroning dardu tashvishiga quloq tutish va mahalla darajasida muammolarga adolatli yechim topishdir.

Slide 1 of 1