Новости

O‘rganish davomida aniqlanishicha, Dehqonobod hududidagi sobiq kasb-hunar kolleji binosi tadbirkor tomonidan auksion savdolari orqali xarid qilinib, zamonaviy o‘quv markaziga aylantirilgan. Mazkur o‘quv markazida hozirgi kunda 100 nafardan ziyod yoshlar oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tayyorlanmoqda.

#Deputat_faoliyati 

2-Dehqonobod saylov okrugi deputati S.Maxkamov tomonidan hududdagi tadbirkorlik obyektlari ko'zdan kechirilib ularga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida aniqlanishicha, Dehqonobod hududidagi sobiq kasb-hunar kolleji binosi tadbirkor tomonidan auksion savdolari orqali xarid qilinib, zamonaviy o‘quv markaziga aylantirilgan. Mazkur o‘quv markazida hozirgi kunda 100 nafardan ziyod yoshlar oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tayyorlanmoqda.

Shuningdek, loyiha doirasida 10 nafardan ortiq fuqarolar uchun yangi ish o‘rinlari yaratilgani hududda bandlikni ta’minlash va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 3