🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Y.Narbekov va siyosiy partiyaning tuman kengashi raisi E.Sarimsoqov tomonlaridan tumandagi Chirchiq sohilida yuzaga kelgan ekologik holat o‘rganildi.
🔷O‘rganish jarayonida daryo sohiliga qurilish chiqindilari noqonuniy ravishda tashlab ketilgani aniqlandi. Bu holat nafaqat atrof-muhitga, balki aholi salomatligi va suv resurslarining tozaligiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.
🔷Deputat tomonidan mas’ul tashkilotlarga:
chiqindilarni zudlik bilan bartaraf etish,
ushbu hududda nazoratni kuchaytirish,
bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik choralarni ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berilishi belgilandi.
🔷Shuningdek, fuqarolar o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish va tabiatga ehtiyotkor munosabatni shakllantirish zarurligi alohida ta’kidlandi.