35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Ko‘libolo va Oxshix qishloqlarida elektr ta’minoti masalasi deputat nazoratida
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar e’tibor markazida
янв.21
Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari: mablag‘lardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Ezgu tashabbus — bolajonlarga unutilmas sunnat to‘yi
янв.21
“Aleli” mahallasida yangi guzar bunyod etilmoqda
янв.21
Ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash masalasi muhokama qilindi
янв.21
Saylovchilar bilan ochiq muloqot: murojaatlar va takliflar tinglandi
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni olib chiqish xizmatlari tariflari ko‘rib chiqildi
янв.21
Mahalliy budjet ijrosi keng muhokama qilindi
Deputat mahallada

 SAYLOVCHILAR MUROJAATI DEPUTAT NAZORATIDA: YO‘L
TA’MIRI BO‘YICHA XUSHXABAR
 

Xalq deputatlari Piskent tuman Kengashi deputati
Gulbahor Tohirovna G‘ulomxonova tomonidan «Kultepa» MFY fuqarolari bilan
uchrashuv davomida ko‘tarilgan muhim masala yuzasidan amaliy qadam tashlandi.
 

 Muammo nimada
edi? «Kultepa» va «Mustaqillik» mahallalarini bog‘lovchi, umumiy foydalanuvdagi
A-373a avtomobil yo‘lining 3 km qismini ta’mirlash bo‘yicha aholidan murojaat
tushgan edi.
 

 Amalga
oshirilgan ishlar: Deputat so‘roviga asosan Piskent tuman yo‘llardan
foydalanish korxonasi tomonidan quyidagilar ma’lum qilindi:
 

Yo‘lning holati joyiga chiqib o‘rganildi. 

Ushbu yo‘lning ta’mirtalab bo‘lgan 3-5 km oralig‘ini
ta’mirlash uchun Toshkent viloyati AYBBga mablag‘ so‘rab murojaat qilingan.
 

Respublika Moliya vazirligi va buyurtmachi
tashkilotlar tomonidan limit mablag‘lari ajratilishi bilan Piskent tuman yo‘l
korxonasi (TYFKDM) tomonidan ta’mirlash ishlari boshlanadi.
  

Slide 1 of 2