Новости

Deputatlik nazorati

Deputat S.Azizov saylov oʻz okrugida navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordi. O‘rganishlar davomida “Ipakchi” MFY, Bog‘chasaroy ko‘chasida yashovchi fuqarolar duch kelayotgan muammo koʻrib chiqildi.

Mazkur hududda istiqomat qiluvchi 156 nafar aholi markazlashgan umumiy hojatxonadan foydalanadi. Ushbu hojatxonaning holati sanitariya talablariga javob bermaydi, xonadonlarda alohida hojatxona mavjud emas.

Bu holat aholining kundalik turmush darajasiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, sanitariya-gigiyena jihatidan ham muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Mazkur muammo yuzasidan deputat tomonidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi.

Slide 1 of 3