📌O‘rganish davomida tibbiyot xonasining sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligi, zarur tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganligi, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun dori-darmonlar mavjudligi hamda ularning saqlanish holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, talabalar salomatligini muhofaza qilish, ularga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
📎Aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tibbiyot xonasini zarur dori-darmon va tibbiy vositalar bilan muntazam ta’minlash hamda talabalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.