#deputatlik_faoliyati #Kotibiyat_hududlarda #Open_byudjet
"OPEN BYUDJET"DA G‘OLIB BO‘LMAGAN NAVBATDAGI LOYIHA HOLATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
🇺🇿 Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Durbek Axmedov va Dildora Kamalova tomonidan “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yil 2-mavsumi doirasida ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilmagan Uchtepa tumani Quyi Darxon mahallasidagi mini-futbol maydonchasining mavjud holati joyiga chiqib o‘rganildi.
💼 O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, Kengash Ekspert guruhi a’zolari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
📊 Mazkur o‘rganish orqali “Tashabbusli byudjet” jarayonida ovoz berish natijasida moliyalashtirilmagan tashabbuslarning amaldagi holati, ularning hudud aholisi, ayniqsa yoshlar uchun ijtimoiy ahamiyati hamda mavjud infratuzilmadan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilindi.
↗️ Mini-futbol maydonchasining holatini joyida baholash fuqarolar tashabbuslarini faqat ovoz berish jarayoni bilan cheklab qolmasdan, g‘olib bo‘lmagan loyihalarning ham ijtimoiy ehtiyoj va dolzarblik nuqtayi nazaridan o‘rganish muhimligini ko‘rsatadi.
📁 O‘rganish yakunlari asosida maydonchani yaxshilash imkoniyatlari, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda yoshlar uchun qulay sport infratuzilmasini shakllantirish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.
📈 Bu kabi joyiga chiqib o‘rganishlar deputatlik nazoratining amaliy ko‘rinishi bo‘lib, aholi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, hududlardagi real ehtiyojlarni aniqlash va byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish masalalariga jamoatchilik e’tiborini kuchaytirishga xizmat qiladi.