35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
#24_ta_masala 📍 Elektr ta’minotidagi muammo o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala 📍 Mahallada sport inshootlari holati o‘rganildi
янв.21
#ish_reja 📋 Bugungi ish rejasi belgilandi
янв.21
#24_ta_masala 🏫 Maktablarda sport infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
#24_ta_masala ⚡️ Chag‘atoy mahallasida elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
#deputat_sorovi 📍 M-37 avtomobil yo‘lida piyodalar xavfsizligi masalasi ko‘tarildi
янв.21
#ish_reja 📋 Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2026-yil 17–21-avgust kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish rejasi
янв.21
#sorov_ijrosi #182_ds_369_26 ⚖️ Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga ko‘mak ko‘rsatilmoqda
янв.21
#sorov_ijrosi #181_ds_369_26 📌 Boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash holati o‘rganildi
янв.21
#deputat_daftari 📍 Elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammo o‘rganildi
Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquq va manfaatlari e’tiborda

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 14-Nurafshon saylov okrugidan saylangan deputat N. Murodov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Jondor tumani kengashi raisi A. Ochilov tomonidan Nurafshon mahallasida nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri va qonuniy qo‘llanilishi holati o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida nogironligi bo‘lgan fuqarolarning qonunchilikda belgilangan huquq va imtiyozlardan qay darajada foydalanayotgani, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar hamda yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
🔹Shuningdek, fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning mavjud muammo va takliflari tinglandi. Aniqlangan masalalarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish, ehtiyojmand fuqarolarga ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🔹Bunday o‘rganishlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga berilayotgan davlat kafolatlarining amalda ta’minlanishi hamda mahallalarda ijtimoiy adolat va teng imkoniyatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3