📢 MAHALLIY KENGASH SESSIYASIDA MANSABDOR SHAXS HISOBOTINI ESHITISHDAN MAQSAD NIMA?
🔊 Asosiy maqsad — hududdagi dolzarb muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilashdan iborat.
🔍 Hisobot (axborot)ni eshitishda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi:
1️⃣ Qonunlar, Prezident hujjatlari hamda mahalliy Kengash qarorlarining ijrosi holati;
2️⃣ Hisobot beruvchi organ oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishi yoki bajarilmaganlik sabablari;
3️⃣ Organ faoliyatining islohotlarga hamohangligi, samaradorligi va natijadorligi;
4️⃣ Aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlash va murojaatlar bilan ishlash holati;
5️⃣ “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar;
6️⃣ Sohada korrupsion holatlarning oldini olish va unga qarshi kurashish;
7️⃣ Mahalliy budjet mablag‘laridan samarali va tejamkor foydalanish;
8️⃣ Kengash, deputatlar, doimiy komissiyalar va partiya guruhlari topshiriqlari ijrosi;
9️⃣ Huquqni muhofaza qiluvchi hamda nazorat organlari ma’lumotlari tahlili;
💲 Faoliyat mezonlari, indikatorlar va reytinglar hamda oxirgi 3 yillik o‘zgarishlar;
❗️ Organ faoliyatida ochiqlik va shaffoflik, ijtimoiy tarmoqlardagi munosabat;
🔹 Sohadagi foydalanilmagan imkoniyatlar va rivojlanish istiqbollari;
1️⃣ Okrug va mahallalar kesimidagi ma’lumotlar;
⏺ Qonunchilik hamda huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflar.
📌 Hisobotni eshitish yakunida mahalliy Kengash mansabdor shaxs faoliyatini qoniqarsiz deb topishi mumkin.
📚 Manba:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi KQ-54-V-son qaroriga ilova, 6-band.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram