Новости

Последние новости

янв.21
#doimiy_komissiya ✅ “Ilk rivojlantirish markazi”ga ajratilgan mablag‘ masalasi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💸 Doimiy komissiya yig‘ilishida “Ilk rivojlantirish markazi” uchun mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
✅ Deputat tomonidan yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
✅ Doimiy komissiya yig‘ilishida xizmat avtomobillarini ta’mirlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
👨‍💼 Deputat G.Xudoyberganova aholi bandligi masalalari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
✅ Doimiy komissiya yig‘ilishida xotin-qizlar faollarining xizmat planshetlari uchun abonent to‘lovi masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
✅ J.Mahmudov mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
👍 Narpay tajribasi asosida deputat G.Xudoyberganova aholi muammolarini xonadonma-xonadon o‘rgandi
янв.21
✅ “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Ishtixon tumani filialida ichimlik suvi to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
👨‍💼 Mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
  Yig‘ilishda shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya a’zolari hamda ekspert-maslahat guruhi vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi Z.Domilayev olib bordi.

Unda Marg‘ilon shahar Ekologiya bo‘limi boshlig‘i N.G‘ulomovning 2026-yil bahor mavsumida “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-46-son Farmoni asosida Marg‘ilon shahrida ko‘kalamzorlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilib, bahor mavsumida manzarali va mevali daraxtlar, butalar hamda gul ko‘chatlarini ekish ishlari keng ko‘lamda amalga oshirilgan.
2026-yil bahor mavsumida shaharda jami 96,5 ming dona ko‘chat ekish rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 105 ming 635 dona ko‘chat ekilib, belgilangan reja 109,5 foizga bajarilgani qayd etildi.

Hisobot davomida turli tashkilot va muassasalarning “Yashil makon” loyihasidagi ishtiroki ham tahlil qilindi. Xususan, Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan reja ortig‘i bilan bajarilib, hududlarga 35,9 ming dona daraxt ko‘chatlari ekilgan. Sog‘liqni saqlash muassasalari hududlarida ham belgilangan ko‘rsatkichdan yuqori natijaga erishilgan.

Shuningdek, ayrim yo‘nalishlarda, jumladan mahallalar, korxonalar hamda tijorat banklari tomonidan ko‘chat ekish rejalari to‘liq bajarilmagani ta’kidlanib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Yig‘ilishda daraxtlarni noqonuniy kesilishining oldini olish, bioxilma-xillikni asrash hamda ekologik madaniyatni oshirish maqsadida shahardagi 50 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari va budjet tashkilotlarida davra suhbatlari hamda seminarlar tashkil etilgani ham alohida qayd etildi.
Yig‘ilish yakunida “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasidagi ishlarni yanada jadallashtirish, hududlarda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli davom ettirish hamda ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash masalalari deputatlar nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi.
Slide 1 of 5