Новости

Последние новости

янв.21
#doimiy_komissiya ✅ “Ilk rivojlantirish markazi”ga ajratilgan mablag‘ masalasi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💸 Doimiy komissiya yig‘ilishida “Ilk rivojlantirish markazi” uchun mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
✅ Deputat tomonidan yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
✅ Doimiy komissiya yig‘ilishida xizmat avtomobillarini ta’mirlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
👨‍💼 Deputat G.Xudoyberganova aholi bandligi masalalari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
✅ Doimiy komissiya yig‘ilishida xotin-qizlar faollarining xizmat planshetlari uchun abonent to‘lovi masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
✅ J.Mahmudov mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
👍 Narpay tajribasi asosida deputat G.Xudoyberganova aholi muammolarini xonadonma-xonadon o‘rgandi
янв.21
✅ “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Ishtixon tumani filialida ichimlik suvi to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
👨‍💼 Mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi
Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam

 Mahalliy Kengashlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan muhim qadam 

 Andijonlik deputatlar bilan tajriba almashish yuzasidan to’liq tafsilotlar: 

O‘zbekistonning mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini rivojlantirish bo‘yicha yangi bosqichga qadam qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mahalliy Kengashlar faoliyatini 2030 yilgacha takomillashtirishga qaratilgan farmoni ijrosi doirasida Andijon viloyati Xalq deputatlari Kengashi deputatlaridan iborat delegatsiya Do‘stlik tumaniga tajriba almashish maqsadida
tashrif buyurdi. Bu tashrif ikki hudud o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va mahalliy vakillik organlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 

Delegatsiyaning Do‘stlik tumaniga kelishi o‘ziga xos ramziy ma’no kasb etadi. Chunki Do‘stlik tumani so‘nggi yillarda mahalliy Kengash faoliyati yuqori darajaga ko‘tarish, deputatlar va kotibiyat xodimlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish
bo‘yicha salmoqli ishlarni amalga oshirmoqda. Mehmonlar dastlab Xalq deputatlari Do‘stlik tuman Kengashi binosida kutib olindi. Ularga Kengash faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar — zamonaviy ish xonalari haqida batafsil ma’lumot berildi. 

Uchrashuv davomida ikki tomon o‘rtasida ochiq va samarali muhokama bo‘lib o‘tdi. Andijon viloyati va Do‘stlik tumani deputatlari, kotibiyat xodimlari hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab oldilar. Xususan, qonunchilik tashabbuslarini
tayyorlash, fuqarolar murojaatlarini samarali hal etish, mahalliy byudjetni boshqarish va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni muhokama qilishda ilg‘or usullarni o‘rganish va ularni o‘z hududlarida joriy etish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Tomonlar tajriba almashishni doimiy tizimga aylantirish, o‘zaro delegatsiyalar almashinuvini kengaytirish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishdilar. 

Tashrif davomida Do‘stlik tumanining ijtimoiy infratuzilmasi bilan tanishtirildi. Andijonlik mehmonlar avval “Yoshlar shaharchasi”ga tashrif buyurdilar. Bu yerdagi zamonaviy sport majmualari, zamonaviy kutubxona, ovoz yozish studiyasi
va boshqa inshootlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish uchun yaratilgan sharoitlarning yorqin namunasidir. Delegatsiya a’zolari “Sihat shifo” salomatlik markazi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. Markazning tibbiy xizmatlarning sifati, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangani va aholiga ko‘rsatilayotgan
qulayliklar deputatlarda katta taassurot qoldirdi. 

Tashrifning so‘nggi nuqtasi “Chinobod” mahallasida joylashgan “Yangi O‘zbekiston” massivi hamda "Sohil bo‘yi" turizm loyihasi bo‘ldi. Bu yerdagi zamonaviy uy-joylar, ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar va infratuzilma ob’yektlari O‘zbekistonning “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasining amaliy ifodasi sifatida namoyon bo‘ldi. "Sohil bo‘yi" esa tadbirkorlik uchun qulay hudud ekani adlhida ta’kidlandi. Ushbu tajriba almashish tashrifi nafaqat ikki hudud o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlaydi, balki butun mamlakat bo‘ylab mahalliy Kengashlarning rolini oshirish, ularning faoliyatini xalqqa yanada yaqinlashtirish va davlat boshqaruvining samaradorligini yanada yuqori darajaga ko‘tarishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 19