Новости

Последние новости

янв.21
#doimiy_komissiya ✅ “Ilk rivojlantirish markazi”ga ajratilgan mablag‘ masalasi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💸 Doimiy komissiya yig‘ilishida “Ilk rivojlantirish markazi” uchun mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
✅ Deputat tomonidan yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
✅ Doimiy komissiya yig‘ilishida xizmat avtomobillarini ta’mirlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
👨‍💼 Deputat G.Xudoyberganova aholi bandligi masalalari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
✅ Doimiy komissiya yig‘ilishida xotin-qizlar faollarining xizmat planshetlari uchun abonent to‘lovi masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
✅ J.Mahmudov mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
👍 Narpay tajribasi asosida deputat G.Xudoyberganova aholi muammolarini xonadonma-xonadon o‘rgandi
янв.21
✅ “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Ishtixon tumani filialida ichimlik suvi to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
👨‍💼 Mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi
Mahalladagi ichimlik suvi quvuri muammosi yechimi uchun so‘rov berildi

Aniqlangan muammo:

Shahardagi Bekho MFY, Guliston 3-ko‘chasida istiqomat qiluvchi 40 ga yaqin xonadonlar ichimlik suvi quvuri 950 metr uzunlikda yaroqsiz holatga kelgan.

So‘nggi 3 oy mobaynida aholi o‘z imkoniyatlari bilan quvur ta’mirini 8 marotaba amalga oshirgan, ammo 10 kundan buyon quvur yana teshilgan.

Quvurlar 1974 yilda o‘rnatilgan bo‘lib, hozirgi paytda umuman yaroqsiz.

Fuqarolar Samarqand suv ta’minoti MCHJga bir necha bor murojaat qilgan, so‘nggi marotaba 1 oy oldin xodim “muammoni bartaraf etishga va’da berib ketgan”, ammo muammo hal etilmagan.

   Deputat so‘rovi:

Fazliddin Gʻaybullayev yuqoridagi muammoni bartaraf etishda amaliy yordam berishni, shu jumladan ko‘chadagi 950 metr ichimlik suvi quvurlarini almashtirishni so‘radi.