Новости

Последние новости

янв.21
#doimiy_komissiya ✅ “Ilk rivojlantirish markazi”ga ajratilgan mablag‘ masalasi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
💸 Doimiy komissiya yig‘ilishida “Ilk rivojlantirish markazi” uchun mablag‘ ajratish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
✅ Deputat tomonidan yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
✅ Doimiy komissiya yig‘ilishida xizmat avtomobillarini ta’mirlash masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
👨‍💼 Deputat G.Xudoyberganova aholi bandligi masalalari bo‘yicha o‘rganish o‘tkazdi
янв.21
✅ Doimiy komissiya yig‘ilishida xotin-qizlar faollarining xizmat planshetlari uchun abonent to‘lovi masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
✅ J.Mahmudov mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
👍 Narpay tajribasi asosida deputat G.Xudoyberganova aholi muammolarini xonadonma-xonadon o‘rgandi
янв.21
✅ “Samarqand suv ta’minoti” MCHJ Ishtixon tumani filialida ichimlik suvi to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
👨‍💼 Mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi
👩‍💼 Mahallalarda xotin-qizlar faollari ish samaradorligi tahlil qilindi!

👩‍💼 Mahallalarda xotin-qizlar faollari ish samaradorligi tahlil qilindi!

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari K.Umarboyev va A.Churatayevalar tomonidan #mahallalardagi_xotin-qizlar_faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Monitoring davomida asosiy e’tibor quyidagi ustuvor vazifalarga qaratildi:

🔹 Ro‘yxatga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini hal etish, ularga huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish holati;

🔹 Ishsiz ayollarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka yo‘naltirish va subsidiyalar ajratish borasidagi ishlar natijadorligi;

🔹Oilalardagi nosog‘lom muhitni sog‘lomlashtirish, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan ayollar bilan manzilli ishlash hamda ajrimlarning oldini olish choralari.

O‘rganish yakunida faoliyat samaradorligini yanada oshirish, aholi bilan qayta aloqa tizimini kuchaytirish hamda aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3