Новости

Последние новости

янв.21
🎮 Jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha Kengash qarori qabul qilindi
янв.21
#96_ta_qonun 🌱 Tabiat, ichimlik suvi va ekologiyaga oid muhim qonunlar deputatga biriktirildi
янв.21
#96_ta_qonun Ishtixon tumanida ijtimoiy xizmatlar ijrosi o‘rganildi
янв.21
#96_ta_qonun 🩺 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
янв.21
#deputat_sorovi ➕14-son oilaviy poliklinika bo‘yicha qurilish ishlari yuzasidan ma’lumot so‘raldi
янв.21
#96_ta_qonun 👨‍💼 Aholi bandligini ta’minlash masalalari joyida o‘rganildi
янв.21
#96_ta_qonun 🎓 Bolalar, yoshlar va sport sohasiga oid muhim qonunlar deputatga biriktirildi
янв.21
🚔 Jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi
янв.21
💰 “Ochiq byudjet”da g‘olib bo‘lgan loyihalar moliyalashtiriladi
янв.21
#96_ta_qonun 🌐 Turizm, innovatsiya va iqtisodiy rivojlanishga oid muhim qonunlar deputatga biriktirildi
Senatning Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul Beknazarovich Xatirchi tumanida

 Senatning
Budjet va iqtisodiy masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tursunov Qobul
Beknazarovich Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi raisi Aliyev G‘ofir
Quvatovichlar bilan birgalikda Xatirchi tumani Tamabaxrin MFY da tuman Kengashi
deputatlari, nuroniyla hamda mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazishdilar. 

Uchrashuvda
senator Oliy Majlis Senatining o‘n birinchi yalpi majlisida muhokama qilingan
qonunlar va qabul qilingan qarorlar mazmun-mohiyati yuzasidan atroflicha
maʼlumot berdi. 

Xususan,
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning yangi bosqichi, iqtisodiy
o‘sishni rag‘batlantirish, mahalliy boshqaruv organlari faoliyatini
takomillashtirish, yoshlarning jamiyatdagi faol ishtiroki, aholi turmush
darajasini oshirish, iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning
bandligi va tashabbuslarini rag‘batlantirish, shuningdek, hududlarda ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan
tushuntirish berildi. 

Senator
Q.Tursunov Senat yalpi majlisida qabul qilingan qonunlarning joylarda samarali
ijrosini ta’minlash, aholining turmush darajasini oshirish va hududlarning
barqaror rivojlanishiga qaratilgan amaliy takliflar ham ilgari surildi.  

Xususan,
aholi turmush darajasini oshirish, iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash,
yoshlarning bandligi va tashabbuslarini rag‘batlantirish, shuningdek,
hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar
batafsil tushuntirildi.   

Uchrashuv
chog‘ida ishtirokchilar tomonidan qishloq yo‘llarini taʼmirlash, ichimlik suvi
taʼminotini yaxshilash, ijtimoiy obyektlar faoliyatini takomillashtirish,
tadbirkorlikni kengaytirish va aholi bandligini taʼminlash bo‘yicha taklif va
murojaatlar bildirildi. 

 Senator har bir masala yuzasidan tegishli
idora va mutasaddilarga manzilli tarzda hal etish bo‘yicha masʼul tashkilotlarga
topshiriqlar berilib ularning ijrosini nazoratga oldi. 

  

   

Slide 1 of 6