✅Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi tuman Kengashi hamda Xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhining qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
🌀Unda tuman Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i Sh.Xo'janov, "Oqdaryotumangaz" filiali boshlig'i I.Qodirov hamda tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i Sh.Niyozovning hisoboti tinglandi. Tumanda gaz taʼminoti tizimini yaxshilash, tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berish barqarorligini oshirish, elektr energiya resurslari to'g'ri va oqilona foydalanish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.