Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining VII chaqiriq 8-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Халқ депутатлари Фурқат тумани Кенгашининг VII чақириқ 7-сессияси бўлиб ўтди
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Халқ депутатлари Фурқат тумани Кенгаши раиси ва бир гурух депутатлар истеъфодаги ҳарбий хизматчини байрам билан табриклади.
янв.21
Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining navbatdagi ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Furqat tumani Kengashining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Халқ депутатлари Фурқат туман Кенгашининг сессиясида муҳим масалалар муҳокама қилинди.
янв.20
Халқ депутатлари Фурқат туман Кенгашининг навбатдаги етмиш учинчи сессияси бўлиб ўтди
Front ortida fidokorona xizmat qilganlarga Prezident medali topshirildi

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga asosan, Ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida mehnat qilgan, yelkasida og‘ir hayot sinovlarini ko‘targan, mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda munosib hissa qo‘shgan bir guruh faxriylarga “Shon-shuhrat” medali topshirildi. 

Ta’kidlash joizki, ushbu yuksak mukofotni tantanali ravishda Oltinsoy tuman Kengashi Qorliq 13-saylov okrugidan saylangan deputat Mengnorova Zarifa Toshpulatovna
faxriylarga shaxsan topshirdi.
 

Marosim davomida deputat yurtdoshlarimizni bayram bilan tabriklar ekan, ularning fidokorona mehnati va jasorati bugungi yoshlar uchun ibrat maktabi ekanligini
ta’kidladi. Shuningdek, davlatimiz tomonidan keksalar va urush mehnat faxriylariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik izchil davom ettirilayotgani qayd etildi.
 

Taqdirlangan faxriylar va ularning yaqinlari bu e’tirof uchun mamlakat rahbariyati hamda xalq vakillariga samimiy minnatdorliklarini izhor etishdi. 

  Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati 

Kanalga ulanish uchun: https://t.me/OltinsoyKengashkotibiyati  

Slide 1 of 8