Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh.Jo‘rayev Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi tavsiyasi asosida tuman istirohat bog‘ining holatini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida hududning obodonlashtirish va sanitariya holati, ko‘kalamzorlashtirish ishlari hamda mavjud infratuzilmasi atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, dam olish maskanida yaratilgan sharoitlar, bolalar maydonchalari, sayr yo‘laklari va umumiy foydalanish hududlarining holati ham tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda istirohat bog‘i infratuzilmasini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli mas’ullarga taklif va tavsiyalar berildi.