35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Prezidentimiz tashabbusi bilan o'tkazilayotgan "Dolzarb 40 kunlik” va “Mehr va saxovat oyligi" doirasida 3-Sarkor saylov okrugi deputati Muhammadjon Ne’matullayev faolligida saylov okrugidagi mahallalar hududida obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
Kotibiyat mudiri mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
"Damariq" mahallasidagi O‘smirlar va yoshlar Sport maktabida faoliyat
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashining 19-sessiyasida
янв.21
Sesiyada Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i S.Murodillayev hisoboti tinglanib,muhim vazifalar belgilandi; Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish maqsadida;
янв.21
Bugungi doimiy komissiya yig‘ilishida Chortoq tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak daromad rejasini ortirib bajarilishi hisobidan mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengash raisi boshchiligida kotibiyat mudiri hamda mutaxassislari,doimiy komissiya raislari,ekspert guruhi a’zolari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bahtiyor Otamirzaev tomonidan Peshqo‘rgon MFY hududida PQ-49 ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqotlar-muammolar echimining muhim omili
янв.21
Kengash raisi fuqarolar qabuli o'tkazdi.
O‘rganish


"Hudud taraqqiyoti — aholi muammolarini joyiga chiqib o‘rganish va ularga amaliy yechim topishdan boshlanadi."


✅Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O.Akromovning saylov okrugi hududidagi "Bodomzor" mahallasida kotibiyat xodimi G.Shodiyeva tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹 O‘rganish jarayonida mahalla raisi Sh.Xamidullayev hamda ijtimoiy xodim F.Ikromova ishtirokida hududdagi mavjud holat atroflicha tahlil qilindi.

✅ Aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam ajratilishi; mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining holati, ko‘chalarni tungi yoritish darajasi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

✅O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha takliflar berildi.

Slide 1 of 4