Новости

Последние новости

янв.21
Prezidentimiz tashabbusi bilan o'tkazilayotgan "Dolzarb 40 kunlik” va “Mehr va saxovat oyligi" doirasida 3-Sarkor saylov okrugi deputati Muhammadjon Ne’matullayev faolligida saylov okrugidagi mahallalar hududida obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
Kotibiyat mudiri mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
"Damariq" mahallasidagi O‘smirlar va yoshlar Sport maktabida faoliyat
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashining 19-sessiyasida
янв.21
Sesiyada Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i S.Murodillayev hisoboti tinglanib,muhim vazifalar belgilandi; Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish maqsadida;
янв.21
Bugungi doimiy komissiya yig‘ilishida Chortoq tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak daromad rejasini ortirib bajarilishi hisobidan mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengash raisi boshchiligida kotibiyat mudiri hamda mutaxassislari,doimiy komissiya raislari,ekspert guruhi a’zolari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bahtiyor Otamirzaev tomonidan Peshqo‘rgon MFY hududida PQ-49 ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqotlar-muammolar echimining muhim omili
янв.21
Kengash raisi fuqarolar qabuli o'tkazdi.
📢 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI CHAQIRILADI

🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisining farmoyishiga asosan, Kengashning yettinchi chaqiriq yigirma sakkizinchi sessiyasi 2026-yil 5-avgust kuni soat 10:00 da tuman hokimligi binosining majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.
📋 Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
💰 Budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi.
📑 Kengashning avvalgi qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi masala.
📨 Deputatlar tomonidan 2026-yil 2-choragida yuborilgan deputat so‘rovlariga berilgan javoblar holatini ko‘rib chiqish.
🤝 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Shovot tumanidagi Xalq qabulxonasi faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan axborot.
⚖️ Tuman prokurorining 2026-yil 2-choragida qonuniylikni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolar huquqlarini himoya qilish borasidagi faoliyati yuzasidan axboroti.
👥 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini takomillashtirish masalasi.
📈 Tuman hokimining PQ–410-son qarori ijrosi hamda 2026-yil birinchi yarim yilligi yakunlari bo‘yicha hisoboti.
👩‍👩‍👧 Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘ining 2026-yil 2-chorakdagi faoliyati yuzasidan hisoboti.
💳 Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining budjet daromadlarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti.
📊 Tuman mahalliy budjetining 2026-yil yarim yillik va II chorak ijrosi to‘g‘risidagi hisobot.
🎓 Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘ining 2026-yilning olti oyida amalga oshirilgan faoliyati yuzasidan hisoboti.
🤲 "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi boshlig‘ining 2026-yilning olti oyida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti.
📌 Sessiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli mas’ullar ma’lumotlarni 2026-yil 3-avgustga qadar Kengash kotibiyatiga taqdim etishlari belgilangan.
🎥 Sessiya ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida o‘tkaziladi hamda to‘g‘ridan to‘g‘ri (onlayn) efirga uzatiladi.