Новости

Последние новости

янв.21
Prezidentimiz tashabbusi bilan o'tkazilayotgan "Dolzarb 40 kunlik” va “Mehr va saxovat oyligi" doirasida 3-Sarkor saylov okrugi deputati Muhammadjon Ne’matullayev faolligida saylov okrugidagi mahallalar hududida obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
Kotibiyat mudiri mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
"Damariq" mahallasidagi O‘smirlar va yoshlar Sport maktabida faoliyat
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashining 19-sessiyasida
янв.21
Sesiyada Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i S.Murodillayev hisoboti tinglanib,muhim vazifalar belgilandi; Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish maqsadida;
янв.21
Bugungi doimiy komissiya yig‘ilishida Chortoq tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak daromad rejasini ortirib bajarilishi hisobidan mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengash raisi boshchiligida kotibiyat mudiri hamda mutaxassislari,doimiy komissiya raislari,ekspert guruhi a’zolari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bahtiyor Otamirzaev tomonidan Peshqo‘rgon MFY hududida PQ-49 ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqotlar-muammolar echimining muhim omili
янв.21
Kengash raisi fuqarolar qabuli o'tkazdi.
Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan joylardagi holat o‘rganilmoqda

Sessiya kun tartibidagi masala yuzasidan joylardagi holat o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasining suv resurslaridan foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida”gi masala yuzasidan o‘rganish olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati B. Sadikova tomonidan Turkman MFY, Yerteshar qishlog‘i, Yerteshar ko‘chasidagi holat o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla fuqarolari hamda ko‘chaboshisi F. Jo‘rayev bilan uchrashilib,sug‘orish tizimi, suv resurslaridan foydalanish holati va mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat davomida ushbu ariq orqali 3 ta qishloq aholisining sug‘orish ishlari uchun foydalaniladigan suv doimiy ravishda kelib turishi, bu esa tomorqa va qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi.

Slide 1 of 6