Новости

Последние новости

янв.21
Prezidentimiz tashabbusi bilan o'tkazilayotgan "Dolzarb 40 kunlik” va “Mehr va saxovat oyligi" doirasida 3-Sarkor saylov okrugi deputati Muhammadjon Ne’matullayev faolligida saylov okrugidagi mahallalar hududida obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
Kotibiyat mudiri mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
"Damariq" mahallasidagi O‘smirlar va yoshlar Sport maktabida faoliyat
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashining 19-sessiyasida
янв.21
Sesiyada Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i S.Murodillayev hisoboti tinglanib,muhim vazifalar belgilandi; Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish maqsadida;
янв.21
Bugungi doimiy komissiya yig‘ilishida Chortoq tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak daromad rejasini ortirib bajarilishi hisobidan mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengash raisi boshchiligida kotibiyat mudiri hamda mutaxassislari,doimiy komissiya raislari,ekspert guruhi a’zolari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bahtiyor Otamirzaev tomonidan Peshqo‘rgon MFY hududida PQ-49 ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqotlar-muammolar echimining muhim omili
янв.21
Kengash raisi fuqarolar qabuli o'tkazdi.
#Chinoz_tumani #Sessiya


Sessiya ishida tuman hokimi Sherzod Salixov, tuman Kengashiga saylangan deputatlar, tuman hokimining tegishli o‘rinbosarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimlari shuningdek, tumandagi tegishli bo‘lim va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyaga Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Abduvoxid Turdiboyev raislik qildi.

Sessiyada tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish hamda aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan muhim masalalar muhokama qilindi.

Sessiyada quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

🔸Chinoz tumanida yuqori iqtisodiy oʻsishni taʼminlash boʻyicha tuman hokimining hisoboti toʻgʻrisida;

🔸Tuman prokuraturasi tomonidan 2026-yilning 6 oyida jinoyatchilik va qonuniylikni ahvoli boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti toʻgʻrisida;

🔸Tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi, shuningdek jamoat tartibini saqlash va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha 2026-yilning 2-choragida amalga oshirilgan ishlar haqidagi hisoboti toʻgʻrisida;

🔸 Tumanda 2026-yil 6 oyi davomida davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni qoʻllash amaliyotining holati haqida Chinoz tumani Adliya boʻlimi boshligʻining axboroti toʻgʻrisida;

🔸O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Chinoz tumanidagi xalq qabulxonasining, tumanda davlat organlari va tashkilotlarida aholi murojaatlari bilan ishlash holati yuzasidan axboroti toʻgʻrisida;

🔸 Soliq inspeksiyasining tuman mahalliy byudjet daromadlarining bajarilishi holati, qoʻshimcha rezervlarni aniqlash boʻyicha qilingan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda toʻlanganligi, ular boʻyicha soliq qarzdorligi haqidagi hisoboti toʻgʻrisida;

🔸 Oila va xotin-qizlar boʻlimi tomonidan 2026-yil 2-chorak yakuni bilan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga koʻrsatilgan yordamlar va amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi hisoboti toʻgʻrisida;

🔸Tibbiyot birlashmasi boshligʻining 2026-yil 6 oy yakunlari boʻyicha tumanda sogʻliqni saqlashni rivojlantirishga oid davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati, sogʻlom turmush tarzini va toʻgʻri ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek sogʻliqni saqlashning asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida.
Sessiya davomida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan mas’ullarning hisoboti va axboroti tinglandi. Deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida har bir masala atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 10