Новости

Последние новости

янв.21
Prezidentimiz tashabbusi bilan o'tkazilayotgan "Dolzarb 40 kunlik” va “Mehr va saxovat oyligi" doirasida 3-Sarkor saylov okrugi deputati Muhammadjon Ne’matullayev faolligida saylov okrugidagi mahallalar hududida obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
янв.21
Kotibiyat mudiri mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
"Damariq" mahallasidagi O‘smirlar va yoshlar Sport maktabida faoliyat
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashining 19-sessiyasida
янв.21
Sesiyada Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i S.Murodillayev hisoboti tinglanib,muhim vazifalar belgilandi; Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish maqsadida;
янв.21
Bugungi doimiy komissiya yig‘ilishida Chortoq tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak daromad rejasini ortirib bajarilishi hisobidan mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengash raisi boshchiligida kotibiyat mudiri hamda mutaxassislari,doimiy komissiya raislari,ekspert guruhi a’zolari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bahtiyor Otamirzaev tomonidan Peshqo‘rgon MFY hududida PQ-49 ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqotlar-muammolar echimining muhim omili
янв.21
Kengash raisi fuqarolar qabuli o'tkazdi.
muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Ushbu o‘rganish jarayonida hududdagi mavjud holat, xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, profilaktika choralari hamda mas’ul tashkilotlar faoliyati tahlil qilindi.
#qonun_19_1_modda
#doimiy_komissiya
#deputatlik_nazorati
#tavsiyalar
#ekspert_guruhi
#162_qonun
#qarorlar

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov tomonidan Mirzo Ulug‘bek MFY hududida xotin-qizlar faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Ushbu o‘rganish jarayonida hududdagi mavjud holat, xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, profilaktika choralari hamda mas’ul tashkilotlar faoliyati tahlil qilindi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi 3-son qarori – “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjat mazmun-mohiyati keng yoritildi. Mazkur qaror asosida xotin-qizlarni har qanday tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollarga amaliy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini, profilaktika inspektori hamda xotin-qizlar faollari bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, jabrlangan ayollarni ijtimoiy, huquqiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash, ularga himoya orderlarini berish tartibi va amaliyotdagi qo‘llanilishi muhokama qilindi.

Mazkur qaror yuzasidan quyidagi savollar asosida o‘rganish ishlari olib borildi:

Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadi nimadan iborat?

“Tazyiq” va “zo‘ravonlik” tushunchalarining huquqiy ta’rifi qanday?

Zo‘ravonlikning asosiy turlari qaysilar?

Jabrlangan xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan yordam turlari nimalardan iborat?

Himoya orderi nima va uni rasmiylashtirish tartibi qanday?

Himoya orderini berish vakolati qaysi organlarga yuklatilgan?

Profilaktika inspektorining bu boradagi asosiy vazifalari nimalardan iborat?

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashda qaysi tashkilotlar hamkorlik qiladi?

Zo‘ravonlik holatlarining oldini olish bo‘yicha qanday profilaktik choralar amalga oshiriladi?

Mahalla darajasida xotin-qizlarni himoya qilish tizimini kuchaytirish bo‘yicha qanday ishlar olib borilmoqda?

Yakunida ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish, aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibotni kuchaytirish hamda xotin-qizlarning huquqlarini ishonchli himoya qilish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram. Instagram. Facebook. Youtube. E-kengash