Новости

Последние новости

янв.21
Kotibiyat mudiri mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
"Damariq" mahallasidagi O‘smirlar va yoshlar Sport maktabida faoliyat
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashining 19-sessiyasida
янв.21
Sesiyada Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i S.Murodillayev hisoboti tinglanib,muhim vazifalar belgilandi; Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish maqsadida;
янв.21
Bugungi doimiy komissiya yig‘ilishida Chortoq tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak daromad rejasini ortirib bajarilishi hisobidan mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengash raisi boshchiligida kotibiyat mudiri hamda mutaxassislari,doimiy komissiya raislari,ekspert guruhi a’zolari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bahtiyor Otamirzaev tomonidan Peshqo‘rgon MFY hududida PQ-49 ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqotlar-muammolar echimining muhim omili
янв.21
Kengash raisi fuqarolar qabuli o'tkazdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA AMALIY JAVOB: MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati - tuman hokimi X.Suvonov, Viloyat Kengashi deputati M.Sulaymonov, O‘zLiDeP Sirdaryo viloyati apparat rahbari Sh.Bozorboyeva hamda tuman Kengashi deputatlari ishtirokida fuqarolar bilan sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Qabulda tuman Kengashi deputatlari G.Islamova, D.Egamqulova, Y.Berdiyarovlar fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflarni o‘rganishda faol qatnashdilar.

Qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan bandlik, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, infratuzilma, kommunal xizmatlar, uy-joy, yer masalalari hamda boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlar tinglandi.

Har bir murojaat yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddi rahbarlar ishtirokida atroflicha muhokama o‘tkazilib, ayrim masalalar joyida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 8