Новости

Последние новости

янв.21
Kotibiyat mudiri mahalla faollari bilan uchrashdi.
янв.21
"Damariq" mahallasidagi O‘smirlar va yoshlar Sport maktabida faoliyat
янв.21
Sesiyada Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i S.Murodillayev hisoboti tinglanib,muhim vazifalar belgilandi; Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish maqsadida;
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashining 19-sessiyasida
янв.21
Bugungi doimiy komissiya yig‘ilishida Chortoq tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak daromad rejasini ortirib bajarilishi hisobidan mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengash raisi boshchiligida kotibiyat mudiri hamda mutaxassislari,doimiy komissiya raislari,ekspert guruhi a’zolari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bahtiyor Otamirzaev tomonidan Peshqo‘rgon MFY hududida PQ-49 ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqotlar-muammolar echimining muhim omili
янв.21
Kengash raisi fuqarolar qabuli o'tkazdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA AMALIY JAVOB: MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
Mirzag‘olib Tillashayxov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Mirzag‘olib Tillashayxov 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Mirzag‘olib Tillashayxov tomonidan 47-“Alimkent” saylov okrugiga qarashli Yashnobod tumanidagi 155-sonli umumta’lim maktabida joylashgan “Ahmad Yassaviy” mahallasida saylovchilar bilan ochiq uchrashuv tashkil etilib, 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berildi. Tadbirda mahalla faollari, “mahalla yettiligi” vakillari, yoshlar yetakchilari hamda fuqarolar ishtirok etib, hududdagi mavjud muammolar, aholi murojaatlari va istiqboldagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.

📝 Deputat o‘z axborotida hisobot davrida aholi bilan tizimli muloqot olib borilgani, sayyor qabullar va uchrashuvlar orqali fuqarolar murojaatlari o‘rganilgani hamda ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilganini ta’kidladi. Xususan, deputat so‘rovlari asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, davolanishga ehtiyoji bor aholini qo‘llab-quvvatlash hamda imtiyozli kredit ajratish masalalarida amaliy yordam ko‘rsatilgani qayd etildi.

📁 Shuningdek, 13 ta mahalla raislari bilan tasdiqlangan jadval asosida deputat qabullari muntazam tashkil etilib, fuqarolar bilan ochiq va samarali muloqot yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi. Deputat tomonidan hududlarda olib borilgan o‘rganishlar davomida aholi bandligi, yoshlar bilan ishlash, sport infratuzilmasi, tibbiy xizmat sifati, kommunal soha, ichki yo‘llar, tungi yoritish, chiqindilarni olib chiqish va jamoat transporti bilan bog‘liq masalalar alohida nazoratga olingani aytib o‘tildi.

📉 Mirzag‘olib Tillashayxov 2026-yilning birinchi choragi davomida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining sessiyalari va doimiy komissiya yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, ekologiya, hududlarni obodonlashtirish, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda kambag‘allikni qisqartirishga oid qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

🔺 Shu bilan birga, deputat tomonidan 2 ta xalqaro va 2 ta mahalliy tadbirda ma’ruzalar qilingani, 4 marotaba uchrashuvlar tashkil etilgani, 20 nafar fuqaroning murojaati ijobiy hal etilgani, ommaviy axborot vositalarida 13 marotaba chiqish qilingani hamda tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilgani ma’lum qilindi.

🗣 Uchrashuv davomida Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi asosida hududiy o‘rganishlar olib borilishi, xususan yoshlar bandligi, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar sifati, jinoyatchilikning oldini olish, investitsiyalarni jalb etish hamda aholi uchun qulay infratuzilma yaratish masalalari yuzasidan tizimli ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.

🔎 Tadbir yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar, taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborish va masalalarni doimiy nazoratda olib borishga kelishib olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4