Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tumani Kengashining 19-sessiyasida
янв.21
Sesiyada Yoshlar ishlari tuman bo‘limi boshlig‘i S.Murodillayev hisoboti tinglanib,muhim vazifalar belgilandi; Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda yoshlarning jamiyatdagi faolligini oshirish maqsadida;
янв.21
Bugungi doimiy komissiya yig‘ilishida Chortoq tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak daromad rejasini ortirib bajarilishi hisobidan mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ham ko‘rib chiqildi
янв.21
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengash raisi boshchiligida kotibiyat mudiri hamda mutaxassislari,doimiy komissiya raislari,ekspert guruhi a’zolari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bahtiyor Otamirzaev tomonidan Peshqo‘rgon MFY hududida PQ-49 ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Aholi bilan ochiq muloqotlar-muammolar echimining muhim omili
янв.21
Kengash raisi fuqarolar qabuli o'tkazdi.
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVIGA AMALIY JAVOB: MUAMMO IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Xalq deputatlari,Chortoq tuman Kengashi O‘zMTDP deputati,O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Chortoq tuman bo‘limi rahbari Muhammadjon Ne’matillaev o‘z saylov okrugi hududidagi “Navro‘z” mahallasida deputatlik o‘rganishlari olib bordi.
янв.21
Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlash to‘g‘risida”gi O‘RQ-528-sonli Qonun ijrosi o‘rganilmoqda
Prezident Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlari tantanali ravishda taqdirlandi

#e'tirof (http://t.me/toshvilpressa)

Prezident Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlari tantanali ravishda taqdirlandi

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Prezident Olimpiadasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan viloyat yosh sportchilari, ularning ustoz-murabbiylari hamda ota-onalari bilan uchrashib, yuksak natijalar bilan qutladi.

Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilgan Prezident Olimpiadasi viloyatimiz sportchilari uchun hayajonli damlar va zafarli natijalarga boy bo‘ldi. Keskin va murosasiz o‘tgan bahslarda Toshkent viloyati yoshlari 18 ta oltin, 8 ta kumush va 31 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 2-o‘rinni, jami medallar soni bo‘yicha esa 1-o‘rinni egalladi.

Viloyat hokimi ushbu salmoqli yutuqlar bilan yosh sportchilarni, ularning ustoz-murabbiylari hamda fidoyi ota-onalarini samimiy muborakbod etar ekan, bu natijalar katta mehnat, qunt va sabr-toqat mahsuli ekanini alohida qayd etdi.

Shuningdek, musobaqaning mintaqaviy va viloyat bosqichlarida saralangan 230 nafar eng kuchli sportchi Respublika finalida viloyat sharafini himoya qilgani ta’kidlandi.

Ayniqsa, boks, yunon-rum kurashi va stol tennisi bo‘yicha jamoalarning muvaffaqiyatli ishtirok etgani e’tirof etildi. Shuningdek, yengil atletika bo‘yicha S. Nusratullayevaning 2000 metrga to‘siqlar bilan yugurish yo‘nalishida 6 daqiqa 39,6 soniya natija ko‘rsatib, 18 yoshgacha bo‘lgan sportchilar orasida O‘zbekiston rekordini o‘rnatgani musobaqaning eng quvonchli voqealaridan biri sifatida qayd etildi.

Tadbir yakunida Prezident Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlari, shuningdek, ularning ustoz-murabbiylari hamda sport musobaqalarida katta hissa qo‘shgan mas’ullar munosib taqdirlandi. 

Shuningdek, joriy yilda jahon chempionatida nafaqat viloyatimiz, balki respublikamiz sharafini munosib himoya qilib, O‘zbekiston bayrog‘ini yuqori cho‘qqilarga olib chiqqan chempionlar ham alohida taqdirlandi. 

Viloyat hokimi yosh sportchilarni kelgusida ham Vatan sharafini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilishga, bayrog‘imizni yuksak pog‘onalarga ko‘tarishga chaqirib, ularga muvaffaqiyat va yangi zafarlar tiladi.

Slide 1 of 10