#Uchquduq
#Aksiya
Maktab o‘quvchilari ishtirokida chiqindi yig‘ish aksiyasi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Uchquduq tuman Kengashi va tuman Kengashi deputati L.Karimovaning tashabbusi bilan 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabida navbatdagi ekologik tadbir – chiqindilarni yig‘ish bo‘yicha amaliy aksiya tashkil etildi.
Mazkur tadbirda maktabning faol o‘quvchilari va ustozlari ishtirok etib, maktab hovlisi va atrofidagi chiqindilarni yig‘ib, ularni maxsus belgilangan idishlarga ajratib tashlashdi.
Maktab hududida ekologik tartib-intizomni mustahkamlash maqsadida qog‘oz chiqindilar va plastmassa chiqindilar uchun alohida maxsus konteynerlar o‘rnatildi. Bu esa chiqindilarni qayta ishlash imkonini yaratish bilan birga, maktab o‘quvchilari va xodimlarini ekologik mas’uliyatga undaydi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga chiqindilarni to‘g‘ri ajratish, qayta ishlashning foydalari, yashil makon yaratish va ekologik xavfsizlik haqida tushunchalar berildi.