Joriy yilning 24-yanvar kuni Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashining ettinchi chaqiriq to'rtinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
Sessiya kun tartibida quydagi masalalar ko'rib chiqildi
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Zafarobod tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan 2024-yil davomida murojaatlar bilan ishlash holati hamda sektorlar va hududdagi tashkilotlar rahbarlarining faoliyati yuzasidan axboroti to‘g‘risida.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Zafarobod tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan tuman mahallalarida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil qilgan holda hokim yordamchilari faoliyatining natijadorligini o‘rganish yuzasidan axboroti to‘g‘risida.
4. Cektor rahbarlarining “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” asosida amalga oshirilgan ishlar hamda hududlarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalarning bajarilishi yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.
5. Tuman prokuraturasi tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti to‘g‘risida.
6. Tuman adliya bo‘limi tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axboroti to‘g‘risida.
7. Zafarobod tumanida 2025-yilda aholini doimiy, vaqtinchalik va mavsumiy ishlarda band qilish bo‘yicha shakllantirilgan maqsadli ko‘rsatgichlarini tasdiqlash to‘g‘risida.
8. Jamoatchilik fikri asosida tadbirlarni shakllantirish, baholash, tanlab olish hamda ijrosini monitoring qilish bo‘yicha tuman ishchi komissiyaning 2024-yilda o‘tkazilgan tashabbusli budjet jarayonlarini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar
yuzasidan hisoboti to‘g‘risida.