Qodir Baxshi Raximov MFY hududidagi Toshbuloq–Yetimquduq yo‘nalishi bo‘ylab o‘tkazilgan ichimlik suvi quvurlarining yaroqsiz holga kelgan qismi tuman Kengashi raisining tashshabusiga ko‘ra hashar yoʻli orqali rekonstruksiya qilinmoqda.
Mazkur loyiha doirasida eskirgan quvurlar yangilari bilan almashtirilib, aholining toza ichimlik suvi bilan uzluksiz ta'minlanishini ta'minlash ko‘zda tutilgan. Bu ishlar tufayli mahalla aholisining yashash sharoitlari yanada yaxshilanmoqda.