Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi 25-Navbahor saylov okrugi deputati Jumavoy Rahmonqulov "Navbahor" mahallasida joylashgan 49-maktabda amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
➡️Tashrif davomida sinf xonalarida yaratilayotgan sharoitlar, maktab hududida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari hamda ta’lim muassasasining yangi qiyofasi bilan bog‘liq loyihalar ko‘zdan kechirildi.
➡️Qurilish-ta’mirlash ishlari sifatli olib borilayotgani qayd etilib, tez fursatlarda foydalanishga topshirilishi ta’kidlandi. Deputat tomonidan ishlar jarayonida sifat nazoratini yanada kuchaytirish va mavjud tavsiyalarni amalda qo‘llash bo‘yicha topshiriqlar berildi.